Jumladan, hududiy boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlarini talablariga rioya qilinishi boʻyicha asosan maxsus axborot portalidagi maʼlumotlarni monitoringi, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qilingan murojaatlar hamda xuquqni muxofaza qiluvchi organlar xat va talabnomalariga asosan oʻz vakolat doirasida joriy yilning 9 oyi davomida 1 930 ta lot jami 1190,03 mlrd.soʻmlik tanlov va tender savdolarida oʻrganish ishlari olib borilgan.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 246 ta holatda 174,27 mlrd.soʻmlik tanlov-tender savdolarida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlarini talablariga rioya qilinmaganlik holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan.
— Yuqorida qayd etilgan qonunbuzilish holatlari boʻyicha hududiy boshqarma tomonidan 50 ta tanlov-tender savdolari boʻyicha ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimlar chiqarilgan hamda maxsus komissiyamiz tomonidan tegishli qaror va koʻrsatmalar berilgan,-deydi hududiy boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Adham Oripov. -Mazkur qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan 32 ta mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va tegishli sudlarga yuborilgan.
Anjuman davomida sohaga oid bir qator maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar olishdi.