Qashqadaryoda zilzila sodir boʻldi

    Xavfsizlik 9 Iyul 2025 854

    Shu yilning 9-iyul kuni soat 15:32 da Qashqadaryo viloyatida 4 balli zilzila sodir boʻldi.

    FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazining xabar berishicha, Nishon tumanida 2-3 balli, Gʻuzor tumanida 2 balli, Qarshi shahrida 2 balli zilzila kuzatilgan.

    Epitsentri Qashqadaryo viloyatining Nishon tumaniga toʻgʻri kelgan (Toshkentdan 422 km janubiy-gʻarbda) zilzila magnitudasi 3,5 ga teng.

    Chuqurligi: 10 km. Epitsentrda sezilish kuchi: 4 ball.