Qashqadaryoda 10 gektar maydonda malina etishtirish yo'lga qo'yilmoqda

    Agrosektor 18 Yanvar 2021 1300

    Kitob tumanidagi «Varganza Bog'ishamol» tomorqa xizmati ko'rsatish mas'uliyati cheklangan jamiyatida malinachilikni rivojlantirish klasteri va o'quv markazi tashkil etildi.

    Kitob tumanida boʻlib oʻtgan seminarda malinachilikni rivojlantirib, ichki bozorni shu turdagi mahsulot bilan toʻkin qilish uchun katta imkoniyat mavjudligi, bu borada aholiga arzon narxda koʻchat yetkazib berilishi, artezian qudugʻi qurish uchun subsidiya, issiqxona barpo etish uchun imtiyozli narxlarda kredit mablagʻlari ajratilishi taʼkidlandi.

    Amaliy seminarda “Varganza Bogʻishamol” tomorqa xizmati masʼuliyati cheklangan jamiyatining 1 gektarlik oʻquv-tajriba maydonida vodiydan kelgan fermerlar tomonidan aholiga malina koʻchatlarini ekish texnologiyasi boʻyicha mahorat darslari tashkil etildi.

    Shuningdek, vodiylik ishbilarmonlar tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish uskunalaridan foydalanish boʻyicha ham tajriba almashishdi.

    Joriy yilda Kitob tumani aholi tomorqalarida tajriba sifatida 10 gektar malina koʻchati yetishtirish moʻljallanmoqda.