Qashqadaryoda 1,8 million dollarlik invest loyiha amalga oshiriladi

    Sanoat 12 Fevral 2024 976

    «O‘zcharmsanoat» uyushmasi va unga a’zo korxona vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Turkiyada bo‘lib turibdi.

    Charmsanoatchilarimiz amalga oshirgan ishbilarmonlik tashrifining navbatdagi kunida Izmir shahrida joylashgan terini qayta ishlash, poyabzal korxonalari va brendlar bilan samarali muloqot va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

    Dastlab, mamlakatimiz delegatsiyasi Izmir erkin sanoat hududida bo‘lib, u yerda hudud imkoniyatlari, mavjud charmsanoat korxonalari faoliyati va sanoat hududiga loyhalarni joylashtarish bo‘yicha tajribasi o‘rganildi.

    Muloqotda Uyushma tomonidan Turkiya tomoniga mamlakatimizning charmsanoat sohasidagi yutuqlari, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport salohiyati to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi. Bojxona, soliq imtiyozlari, loyihalarni amalga oshirishda xorijiy investorlarga yaratilgan sharoit va ajratilgan preferensiyalar too‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

    Delegatsiya a’zolari «Nevzat Onay» korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotlar na’umanlari bilan tanishdi. Premium klasdagi poyabzallarini ishlab chiqarish va shahsiy brendni shakillantirish bo‘yicha tajriba almashildi.

    Turkiyaning «EGE» sun’iy charm ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib o‘tgan muloqotlarda esa, sun’iy charmni ishlab chiqarishda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari ko‘rib chiqildi.

    Qashqadaryodagi «Husain» MJCh va Turkiyaning «Ikiler» kompaniyasi O‘zbekistonda umumiy qiymati 1,8 million dollar bo‘lgan qo‘y terisini qayta ishlash bo‘yicha yangi invest loyihani amalga oshiradi. To‘liq Turkiya texnologiyasi asosida ishlovchi korxonada Qashqadaryo, Surxondaryoda xosil bo‘luvchi qo‘y terisi to‘liq qayta ishlanadi. Shuningdek, tayyor charmdan qo‘shilgan qiymatli tayyor poyabzal, charm-attorlik buyumlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar beradi «O‘zcharmsanoat» uyushmasit matbuot xizmati.