Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida ov qilish mavsumi yopilishiga qaramasdan, tumanning “Xontepa“ MFY hududi “Tanxozdaryo“ daryosi muhofaza zonasida 2 nafar fuqarolar (J.H) va (T.D) lar tomonidan noqonuniy ravishda 2 bosh qushlarni ov qilganligi aniqlandi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan ov qilingan qushlar ashyoviy dalil sifatida olb qoʻyildi hamda huquqbuzarlik toʻgʻrisida toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organga oʻtkazish uchun rasmiylashtirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida“gi 627-sonli Qonuniga muvofiq, joriy yilning 1-martidan 15-avgustga qadar ov mavsumi yopilgan.