Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu sertifikatlar orqali talabalarning shartnoma pullari toʻlab beriladi. Ushbu talabalarni tanlab olishda ularning oilaviy sharoiti, ijtimoiy himoyaga muhtojligi, boquvchisini yoʻqotganligi, nogironligi va “Temir daftar”da bor yoki yoʻqligi kabi mezonlarga tayanildi.

Bu kabi xayrli ishlar davomiy boʻlishi, imtiyozga ega boʻlgan talabalar kelajakda Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan salohiyatli yoshlar boʻlib yetishishi taʼkidlandi.