Qashqadaryoda 2021-yil davomida 674 810 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi

    2021-yil davomida 11 206 ta yangi tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

    2021-yilda viloyatdagi 15 ta tuman va shahar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jami 674 810 ta davlat xizmatlari amalga oshirilgan.

    Shundan 10 362 tasi sayyor tartibda va 21 839 tasi viloyatning qatnov qiyin boʻlgan hududlaridagi 21 ta DXM filiallari tomonidan xizmatlar koʻrsatilgan.

    Shuningdek, 2021-yil davomida 11 206 ta yangi tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, shundan 200 tasini oilaviy tadbirkorlik subyekti tashkil qiladi.

    Oʻtgan yil davomida My.gov.uz portali orqali 68 108 ta murojaat kelib tushgan.