Qashqadaryoda 3,9. magnitudali zilzila sodir boʻldi

    Shu yilning 15-yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 3,9. magnitudali zilzila sodir boʻldi.

    FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida soat 12:32 da (15.01.2025-yil, Grinvich boʻyicha 07:32 da) zilzila sodir boʻldi.

    Zilzila koordinatalari: 38,66 gradus shimoliy kenglik; 66,64 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km.

    Zilzila episentri Toshkentdan 363 km janubiy-gʻarbda. Zilzila kuchi Qamashi tumanida 2 ball kuzatilgan.