Qayd etilishicha, Kitob tumani hokimining 2019 yil 30 maydagi X-3590/05 sonli qaroriga asosan tuman hududidagi 4r23l avtomobil` yo'lining 0-5 kilometr qismida ta'mirlash ishlari olib borish jarayonida ko'p yillik daraxtlarni kesishga ruxsat berilgan.
Bu haqda Qashqadaryo viloyati ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi ma'lumot berdi.
Ma'lum bo'lishicha, avtomobil` yullarini qurish va rekonstruktsiya qilish direktsiyasi davlat unitar korxonasi va viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi o'rtasida 2019 yil 27 sentyabrda rasmiylashtirilgan 09/40-1/19 sonli hisob-fakturaga asosan kesilgan daraxtlar uchun tegishli mablag' to'lab berilgan.
Kitob tumani hokimining 2019 yil 30 maydagi X-3590/05 sonli qarori bilan daraxtlarni kesishga ruxsat berilganligi sababli “Kitob yul qurilish-ta'mirlash” MCHJ xodimlari tomonidan tuman hududidagi 4r23l avtomobil yulining 0-5 kmda joylashgan 6 ta chinor daraxti 2024-yil 19 iyun` kuni kesib olingan.
Holat bo'yicha viloyat prokuraturasi tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.