Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda Qashqadaryo viloyati hududida 11 ta davlat xususiy sherikchilik asosida va bitta xususiy korxona hamda bir dona “Ekotrans”MCHJ klasteri faoliyat olib boradi.
Ayni paytda viloyatdagi 819 ta mahallaning 704 tasi qamrab olinib, chiqindilarni olib chiqish xizmati koʻrsatib kelinmoqda.
Ammo bugungi kunda ayrim hududlarda chiqindilarni olib chiqish borasida baʼzi muammolar yuzaga kelmoqda. Birinchi navbatda texnikalar soz va shay holatda turishi uchun mablagʻ talab etiladi. Aholi esa oʻz vaqtida chiqindi pullarini vaqtida toʻlmayapti.
"Joriy yil 1-avgust holati boʻyicha chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati yuzasidan aholining toʻlanadigan jami qarzdorligi 47, 2 milliard soʻmga yetgan. Buni tumanlar kesimida aytadigan boʻlsak, Kitob tumani 8,9 milliard, Shahrisabz tumani 6,8 miliiard, Qarshi shahar 6,1 milliard soʻm qarzdorlik roʻyxatining old qatorlaridan oʻrin olgan", deydi mutasaddi.