Maʼlumotlarga koʻra, Hisorak qishlogʻidan Sarchashma qishlogʻigacha boʻlgan yoʻlning 11,4 km qismi ham 2 tasmali qilib quriladi.
Bundan tashqari, Sarchashma va Gʻyelonni bogʻlovchi dor yoʻli ham quriladi.
1-bosqichda 5,9 km gondolali dor yoʻli (Gʻyelon-Sarchashma), 4 ta togʻ-changʻi yoʻli, 35 ta villa, 1 ta tashrif markazi, 4 yulduzli mehmonxona, 5 qavatli avtoturargoh, restoran, vertolyot maydonchasi, bolalar shaharchasi va daryo boʻylab yoʻlakchalar barpo etiladi va bunga 100 mln. dollar investitsiya mablagʻi jalb qilinadi.
Loyihaning 2 va 3-bosqichlariga 200 mln. dollar investitsiya mablagʻi evaziga 3,8 km oʻrindiqli va 2,9 km gondolali dor yoʻli, 21 ta togʻ-changʻi yoʻli, 3 ta mehmonxona (3, 4 va 5 yulduzli), 2 ta restoran, 75 ta villa, kuzatuv minorasi, attraksionlar (ziplayn, rodelban va skaypark) barpo etiladi. 4000 dan ortiq ish oʻrni yaratiladi.