Qashqadaryoda avtobus gaz balloni portladi

    4 kishi og‘ir jabrlangan, qolgan fuqarolarga ambulator va psixologik yordam ko‘rsatilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

    Xabarda aytilishicha, joriy yilning 15-oktabr kuni soat 16:50 larda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hududidan o‘tuvchi “Qarshi-Buxoro” ichki yo‘lida “ISUZU” rusumli avtobus yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtda avtobusning gaz ballonida portlash sodir bo‘lgan.

    Oqibatda 4 nafar fuqaro o‘rta og‘ir darajada tan jarohati olib, tuman tibbiyot shifoxonasiga yotqizilgan, qolgan fuqarolarga ambulator va psixologik yordam ko‘rsatilgan.

    "Eng asosiysi hodisa natijasida hech kim halok bo‘lmagan", deyiladi xabarda.