Qayd etilishicha, shu yilning 27-mart kuni soat 13:30 da Qashqadaryo viloyati FVBga Qarshi shahar “Navo“ MFYda joylashgan koʻp qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolganligi, uni ichida 4 nafar yosh bolalar qolib ketganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan aytilgan manzilga viloyat FVB qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida liftni ochib, bolajonlar qutqarilgan hamda ota-onalariga sogʻ-omon topshirilgan.