Qashqadaryoda boychechak ochildi

    Dehqonobod tumani Boyqoʻrgʻon qishlogʻi hamda Chiroqchi tumani Targʻay qishlogʻida boychechaklar ochila boshlagan.

    Tabiatning eng goʻzal inʼomi bu albatta gul desak xato qilmagan boʻlamiz. Gullar barcha zamonlar osha doim eng yaxshi tuhfa, tuygʻular izhori, xonadonimiz koʻrki, yaxshi kayfiyat manbai boʻlib kelgan.

    Ayniqsa, boychechak koʻklamning darakchisi sanalanadi. Biroq bahor kelishiga hali erta boʻlsada, u qor ostidan bosh koʻtarib chiqa boshlaydi.

    Shu kunlarda Qashqadaryoning bir necha tumanida boychechak gulladi. Bu haqda tuman hokimliklari rasmiy kanallarida xabar berildi.

    Maʼlumotlarga qaraganda, Dehqonobod tumani Boyqoʻrgʻon qishlogʻi hamda Chiroqchi tumani Targʻay qishlogʻida boychechaklar ochila boshlagan. Bu goʻzal manzara esa odamlarda xush kayfiyat uygʻotgan.