Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan 2021-yil 9-avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi joriy etildi.

Bunday tizim mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk bor amaliyotga joriy etildi va eng muhimi bu yuzlab yoshlarni taqdirlarni izga solishga yordam bermoqda.

Qashqadaryo viloyatida 2021-yilda 24 nafar shunday yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uy-joy bilan taʼminlangan boʻlsa, 2022-yilda jami 58 nafar bolalarimizni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida 9 mlrd. 558 mln.soʻm mablagʻ ajratildi.

Prezident qarori ijrosini taʼminlanishi ortidan Qarshi shahrida yashovchi chin yetim bolalarning yana 15 nafari yangi yilni oʻz xonadonlarida kutib olishadi. Xonadonlar kalitlarini topshirish marosimida viloyat sektor rahbarlari ham ishtirok etdi.