Qashqadaryoda “Cobalt” yoʻlovchisi temir bilan “Lada-Largus” mashinasiga zarar yetkazdi

    Transport 18 Dekabr 2023 803

    Qashqadaryoda qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelgan “Cobalt” yoʻlovchisi boshqa bir mashina haydovchisini urmoqchi boʻldi.

    Viloyat IIB mazkur holat yuzasidan maʼlum qilishicha, 15-dekabr kuni soat 16:50 larda Qarshi shahar Alisher Navoiy koʻchasida svetoforning qizil chirogʻida oʻz yoʻlida toʻxtab turgan Lada-Largus haydovchisini Kobalt rusumli avtomobilda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelgan salondagi yoʻlovchi urmoqchi boʻlgan.

    Haydovchiga yeta olmagach, u avtomashinaning oynalarini temir jism bilan urib, sindirgan.

    Holatga guvoh boʻlgan Qashqadaryo viloyati IIB xodimining qonuniy talabiga boʻysunmagan. Hozirgi kunda mazkur holatda fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, zarar miqdorini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.