Bundan tashqari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan 100 million dollar imtiyozli mablagʻlar yoʻnaltiriladi.

Ushbu qoʻshimcha ajratilayotgan 360 milliard soʻm va 100 million dollar hisobiga ahvoli eng ogʻir boʻlgan obyektlarda bajariladigan ishlarning dastlabki manzilli roʻyxati shakllantirildi. 

Prezident dushanba kuniyoq Moliya vazirligi 100 milliard soʻm ssuda hamda Investitsiyalar vazirligi 100 milliard soʻm mablagʻni ajratishi boʻyicha topshiriq berdi.

125 milliard soʻm hisobidan koeffitsiyenti 2,5 dan yuqori boʻlgan 19 ta maktabga qoʻshimcha bino quriladi.

62 milliard soʻm hisobidan 4,5 mingta sinfxonani 66 mingta parta va 5 mingta doska bilan taʼminlanadi.