Hozirda viloyatda yengil avtomobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishlar ketmoqda. Davlatimiz rahbari tomonlaridan ham viloyat hokimligi uchun Qarshi shahrida anaʼnaviy yoki elektrda harakatlanadigan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish topshirigʻi berilgan.
Kompaniya Xitoy avto ishlab chiqaruvchilari orasida oʻziga xos nufuzga ega. Kompaniya avtomibillari jahonning 60 dan ortiq davlatlarida eksport qilinmoqda. Delegatsiya kompaniya rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvda mazkur investitsiya loyihasi kelgusida viloyatning tashrif qogʻozi boʻlishini taʼkidladi. Yaʼni, kompaniya rahbariyati tez orada Qarshi shahriga kelishi kutilmoqda.
Viloyatimizda energiya tejovchi, boshqarishga qulay va aqlli mashinalarni ishlab chiqarishni joriy etish boʻyicha muzokaralar davom etttirilib, tashrif davomida yana 2 ta yirik avto ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan.