Qashqadaryoda gʻalla mavsumiga start berildi

    Bugun Qashqadaryo viloyatida gʻalla mavsumi boshlanishi oldidan Koson tumanidagi “Shayx Qusam ota” ziyoratgohida Qurʼon tilovat oʻqilib, jonliqlar soʻyildi.

    Shuningdek, qishloq xoʻjaligi xodimlari va ortryad aʼzolari uchun dasturxon yozilib, tadbirda soʻz olgan viloyat hokimi Murotjon Azimov gʻalla oʻrim ishlariga start berdi.

    Maʼlumot uchun, joriy yil viloyatimizda 2023-yil hosili uchun 137,5 ming gektar maydonda 6494 nafar fermer xoʻjaligi bilan fyuchers shartnomasi asosida boshoqli don hosili yetishtirilmoqda.