Buning oqibatida 1 nafar fuqaro halok boʻlgan hamda shoxobchaning 1 nafar ishchisiga tan jarohati yetgan. Jabrlangan ishchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilyapti, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.