Qashqadaryoda Germaniyaning kasb-hunar maktabi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

    Oʻquv maktabi nemis tili va kasb-hunarlar, jumladan, mashinasozlik, xizmat koʻrsatish va qurilish sohalarida malakaliy mutaxassislarni tayyorlaydi hamda ularni Germaniyaga tashkiliy tarzda ishga yuborishga xizmat qiladi.

    Germaniyada boʻlib turgan Qashqadaryoda viloyati delegatsiyasi aʼzolari Leyptsig shahrida joylashgan Avestos kompaniyasi bosh direktori Klaus Michel ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazilib qoʻshma istiqboldagi rejalar boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

    Muzokaralar davomida, Qashqadaryo viloyatida tajriba-sinov tarzida nemis oʻquv dasturlari va texnologiyalari asosida professional kasb-hunar maktabini barpo etish loyihasi ilgari surildi.

    Ushbu tashkil etilayotgan kasb-hunar maktabini asosiy maqsadi - jahon talablariga javob beradigan yosh kadrlarni tayyorlash va professional koʻnikmalarni ulashishdan iborat. Oʻquv maktabida nemis tili va kasb-hunarlar jumladan, mashina sozlik, xizmat koʻrsatish va qurilish sohalarida malakaliy mutaxassislarni tayyorlash hamda ularni Germaniyaga tashkiliy tarzda ishga yuborish koʻzda tutiladi.

    Kasb-hunar maktabi faoliyati oʻrganilib, tadbir yakunida ikki tomon oʻrtasida anglashinuv memorandumi imzolandi.