Shu sababli Qashqadaryo viloyatidagi mavjud avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gazni yetkazib berish joriy yilning 8-dekabridan har kunlik ertalab soat 06:00dan soat 15:00ga qadar belgilandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati maʼlum qildi. 

"Viloyatimizdagi barcha haydovchilardan oʻz avtoulovlariga gaz toʻldirishda har kunlik belgilangan 06:00 – 15:00 vaqt oraligʻida gaz toʻldirish ishlarini texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini soʻraymiz", deyiladi xabarda.

AGTKSHlar faoliyatida jadvaldan tashqari oʻzgarishlar kuzatilsa qoʻshimcha maʼlumotlar berilishi maʼlum qilindi.