Qashqadaryoda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ishlari boshlab yuborildi

    Mamlakatimizda 25 Noyabr 2020 1513

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 12-13-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qashqadaryo viloyati aholisini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini 79 foizga, xususan, bu borada vaziyat og‘ir bo‘lgan G‘uzor tumanida 50 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

    Bugungi kunda “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan mazkur yo‘nalishda ishlar boshlab yuborilib, uzunligi 77 km. bo‘lgan Oqsuv-Dehqonobod magistral suv quvurlarining qurilish ishlari davom ettirilmoqda.

    Shuningdek, ayni vaqtda aksiyadorlik jamiyatining rahbariyati va mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, har bir aholi punktlari kesimida ichimlik suvi ta’minoti ko‘rsatkichlarini davlat rahbari tomonidan qo‘yilgan darajaga olib chiqish hamda viloyatdagi aholi yashash punktlarining markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan qamrov darajasini 53 foizdan 79 foizgacha yetkazish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqildi.

    Ushbu dasturda viloyat bo‘yicha markazlashgan ichimlik suvi bilan eng past darajada ta’minlangan G‘uzor tumanini 2,4 foizdan 60 foizgacha yetkazish maqsadida Yakkabog‘ tumanidagi sifatli ichimlik suvi manbaidan G‘uzor tumani markazigacha magistral suv quvurini tiklash va G‘uzor tumani ichki suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.