Qashqadaryoda ilk sendvich panellar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

    Sanoat 14 May 2022 831

    Qarshi shahridagi Qavali kichik sanoat zonasida viloyatda birinchi sendvich panellar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Tantanali ochilish marosimida sektor rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

    Loyiha qiymati qariyb 9 mlrd.ni tashkil etgan loyiha 14 500 kv.m sendvich panellar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonada 30 ta ish oʻrni ham yaratilgan. Ishlab chiqarishni hajmi ortishi evaziga ish oʻrinlari 85 taga yetishi reja qilingan.

    Ochilish marosimda soʻz olgan viloyat hokimi Murotjon Azimov ushbu mahsulotlar hozirgacha Toshkent shahri va Samarqand viloyatlaridan olib kelinishi koʻp vaqtni olishi yoki narxni yuqorilab ketishiga sabab boʻlganini taʼkidlab, bu kabi ishlab chiqarish loyihalarini koʻpaytirish, Prezidentimiz tomonlaridan berilgan bank imtiyozlaridan foydalangan holda xalqaro loyihalarni ham viloyatimizda koʻpaytirish ham byudjetga, ham aholini ish bilan taʼminlashga zamin yaratishini aytib oʻtdi.