Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar L.R., Oʻ.E. va R.M. ushbu hududlarda joylashgan yashash xonadoni yordamchi xoʻjaligi va noturar binolarda tashkil etgan yashirin sexlarda yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotganliklari aniqlangan.
Maʼlumotlarga koʻra, tadbir jarayonida jami 1 885 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 1,4 tonna chigit, 4 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.