"Laparoskopik usulda chov churrasini bartaraf qilish, allogernioplastika amaliyoti" deb nomlangan jarrohlik amaliyoti filialning malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Qarshi tumanilik 34 yoshli bemorning ayni paytda ahvoli yaxshi.
Qayd etish zarurki, operatsiyani bajargan jarrohlar yaqinda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida malaka oshirib qaytishgan edi.
Filial shifokorlari malaka oshirgan Sankt-Peterburgdagi I. I. Janelidze nomidagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tadqiqot instituti mazkur yo'nalishdagi nufuzli muassasa hisoblanadi.









