Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia-3 odamlarni sudrab ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 8-iyul kuni soat taxminan 14:30 larda Mirishkor tumanida joylashgan oshxonaga fuqarolar R.L., K.S.lar kirib, oshxona egasi E.I. bilan tortishib qolgan.
Oʻzaro kelishmovchilik oqibatida R.L., K.S.lar haydovchi K.H. boshqaruvidagi Nexia-3ga yoʻlovchi sifatida oʻtirganda, fuqaro E.I. va yaqin qarindoshlari avtomashinani toʻxtatishga urinsada, haydovchi harakatlanib ketgan.
Hozirda holat yuzasidan Mirishkor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








