Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida fuqaro I.X. va boshqalar “Zarbdor” MFY hududidan oʻtuvchi “Qashqadaryo” daryosi oʻzanidan “Kraneks” rusumli ekskavator yordamida noruda foydali qazilma hisoblangan 304,6 metr kub hajmdagi tabiiy qumni qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 184,7 mln soʻm zarar yetkazganliklari, shuningdek tadbir davomida 5 ta yuk mashinasi qum olish uchun navbatda turganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229 moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.