Shu yilning 8-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan umumtaʼlim maktabida 8-sinf oʻquvchilari “Ingliz tili“ darsida oʻquvchilar B.N va E.S oʻzaro tortishib turli soʻzlar bilan bir-birini haqoratlagan.
Shundan soʻng oʻqituvchi E.F ularga darsdan chiqib ketishini talab qilgan. Biroq ular darsdan chiqib ketish oʻrniga oʻqituvchisiga nisbatan nooʻrin soʻzlar ishlatgan.
Bolalar Ombudsmanining xabar berishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli tartibda oʻrganish olib borilgan va pedagog xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.
Maktab tartib-qoidalarini buzgan oʻquvchilarning ota-onalariga esa MJtK ning 47-moddasiga koʻra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.