Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Qarshi shahrida joylashgan fuqaro D.M. ga qarashli parrandachilik fabrikasida gaz hisoblagichdan oldin filtrdan toʻgʻridan toʻgʻri rezina shlank orqali 2 dona gaz yondirgich oʻrnatilib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 165,6 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Shu kabi holat Koson tumanida joylashgan fuqaro U.I. ga qarashli binoda taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, 136,6 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.