Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Qarshi tumanida joylashgan “Q. P. Oʻ.“ MCHJning elektr qurilmalarini shartnoma rasmiylashtirmasdan oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 354,7 million soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.