Bu haqda ichki ishlar vaziri Aziz Toshpoʻlatov Qashqadaryo viloyatida kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari yuzasidan oʻtkazilgan hisobot yigʻilishida maʼlum qilindi.
Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan:
- Shahrisabz tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhida 28-yil davomida benuqson xizmat koʻrsatgan katta ekspert mayor Xusniddin Rustamov “podpolkovnik” maxsus unvoni bilan,
- Dehqonobod tumani “Mustaqillik” mahallasida namunali xizmatni tashkil etgan profilaktika inspektori kapitan Lutfulla Xamidov muddatidan oldin “mayor” maxsus unvoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, oʻn ikki nafar rahbar xodimlar “pul mukofoti” bilan ragʻbatlantirildi.
Xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan sohaviy xizmatlar hamda hududiy IIB rahbarlari faoliyatiga huquqiy baho berildi.
Jumladan:
- Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari,
- viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari,
- Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi boshligʻi,
- Koʻkdala va Kitob tumanlari IIB boshliqlari,
- Koson va Kasbi tumanlari IIB boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari,
- Muborak tumani va Qarshi shahri IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boʻyicha oʻrinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek,
- viloyat IIB boshligʻining Jamoat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari,
- Tergov boshqarmasi boshligʻi,
- Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi,
- Yoʻl harakati xavfsizligi Qidiruv-surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi,
- Kasbi tumani IIB boshligʻi va uning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari,
- Qarshi shahar, Koson va Muborak tumani IIB boshliqlariga keskin intizomiy jazolar qoʻllanildi.
Yigʻilishda asosiy eʼtibor ichki ishlar organlarining rahbarlari va sohaviy xizmat yoʻnalishlarning masʼullarini ish natijadorligi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishga, xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etishlarini nazorat tizimini takomillashtirishga qaratildi.