Qashqadaryoda qoʻlbola aroq tayyorlab kelganlar qoʻlga tushdi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qoʻlbola alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarib kelgan yashirin sex fosh etildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.U. “Loliston” MFY hududidagi xonadonida qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etganligi fosh etilib, ushbu sexdan 810 dona qalbaki aksiz markalar, 1 864 dona “YANGI SHAHRISABZ” nomli yorliqlar, 3 430 dona har xil turdagi qopqoqlar, 85 litr qoʻlbola tayyorlangan aroq, 1 dona filtr uskunasi, sana qoʻyishga moʻljallangan muhr va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olindi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.