Oʻtkazilgan nazorat tadbiri davomida tumanning “Choʻlquvar“ MFY hududida yashovchi fuqaro (G.H) tomonidan choʻlda oʻsadigan saksovul oʻsimligini noqonuniy kesganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 18mln 750 ming soʻm jarima hamda 1mln 575 ming soʻm miqdorida tabiatga yetkazgan zarar qoʻllanildi.
Maʼlumot uchun: Shoʻradoshlar oilasiga mansub-Saksovul oʻsimligi asosan choʻllarda oʻsadi.Ushbu oʻsimlikning yashil novdalari organik modda toʻplashga xizmat qiladi. Bu oʻsimlik yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka, shoʻrxokka chidamliligi bilan ajralib turadi, hamda qumliklarni mustahkamlash uchun ekiladi.