Viloyat IIBning maʼlum qilishicha, hodisa 2022-yil 24-dekabr taxminan soat 07:00 larda sodir boʼlgan. Qarshi shahar “Ravoq” mahallasida joylashgan viloyat sogʼliqni saqlash boshqarmasiga qarashli salomatlikni tiklash shifoxonasi ikkinchi qavatidagi xonalardan birida chaqnash sodir boʼlgan.  

Natijada ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.