Qayd etilishicha, shu yilning 2-fevral kuni soat tungi 23:31 da Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro M.X Qashqadaryo viloyati 102 xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, Surxondaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga “DAF” rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida qatnov yoʻlining Gʻuzor tumani “Apardi” MFY hududidan oʻtayotgan vaqtida nomaʼlum shaxslar tomonidan tosh otilishi natijasida avtomashinasining old oynasi singanligini maʼlum qilgan.
Ushbu holat yuzasidan voqea joyiga profilaktika inspektori yetib borgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.