Viloyati Ekologiya boshqarmasining xabar berishicha, oʻtkazilgan tezkor nazorat reyd tadbirida fuqarolar (Sh.B) va (O.I) lar tomonidan Gʻuzor tumani “Zarbdor” hamda “Qovchin” MFY hududlarida oʻzi boshqaruvidagi yuk avtomashinasi yordamida noruda foydali qazilma tabiiy qum mahsulotini noqonuniy ravishda ortib turgan vaqtda toʻxtatilib qolindi.

Huquqbuzarlardan holat boʻyicha tushuntirish xati olindi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKsining 70 modda 1 bandi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, huquqbuzarlarning bir nafariga 3 mln 750 ming soʻm, ikkinchi huquqbuzarga 5 mln 625 ming soʻm jarima qoʻllanildi.

YPX xodimlari yordamida texnikalar vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.