Qayd etilishicha, joriy yilda tumanda tarvuz ekiladigan yer maydoni 22 ming gektarga yetkazildi va shundan 10 ming gektariga “Dolbi” navli tarvuz ekildi.
Mazkur nav suvsizlik va issiqqa chidamliligi, yuqori hosildorligi hamda eksportbopligi bilan ajralib turadi. Eʼtiborlisi, bu navdagi tarvuzlar boshqa navlarga nisbatan ancha erta pishadi.
Maʼlumot uchun, hozirgacha Qashqadaryo viloyatidan roʻyxatdan oʻtgan tashkilotlar tomonidan 2000 tonnaga yaqin tarvuz “eksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.









