Taʼkidlash lozim, mazkur qaror aql gimnastikasi deya taʼrif beriladigan shaxmat sporti bilan shugʻullanuvchi havaskor va professionallar uchun ayni muddao boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Shunday musobaqalardan biri Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida oʻtkazildi. Shahar markazida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur turnir 12-18 yoshli umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan boʻlib, tuman (shahar)lardan kelgan jami 300 (shundan 70 nafari qizlar) nafarga yaqin shaxmatchi yoshlar Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi turnirida bahs olib borishmoqda.

Musobaqa qoidalariga koʻra, oʻquvchilar 9 turda shveysarcha tizimda dona surishayotir. Turnir bugun yaʼni 25-mart kuni yakunlanadi.