Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Qashqadaryo bo'yicha etishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining statistikasi ma'lum qilindi. Unga ko'ra, yakunlangan yilda viloyatda jami 19 trillion 904 million so'mlik qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirilgan.
Jumladan:
🔹808,6 ming tonna g'alla;
🔹383,4 ming tonna paxta;
🔹714,8 ming tonna sabzavot;
🔹187,9 ming tonna kartoshka;
🔹315,7 ming tonna poliz mahsulotlari;
🔹149,5 ming tonnaga yaqin meva;
🔹2013 tonna pilla;
🔹132,4 ming tonna go'sht;
🔹523,8 ming tonna sut;
🔹270,9 mln dona tuxum tayyorlashga erishilgan.
SHuningdek, joriy yilda G'uzor tumanida ilk bor soya yetishtirildi, Chiroqchi va Koson tumanida esa 12,4 ming tonna tarvuz hosili yig'ib olindi. Qovun mahsulotlari chetga eksport qilingan.