Qashqadaryoda yongʻin sodir boʻldi

    Dolzarb 29 Sentabr 2025 443

    Shu yilning 29-sentabr kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yirik yongʻin yuz berdi.

    Holat yuzasidan viloyat FVB oʻz munosabatida bildirishicha, soat 09:43 da Dehqonobod tumani “Oʻzbekiston” MFY “Yetimquduq” qishlogʻida yer ustiga oʻrnatilgan dizel yoqilgʻi saqlash sigʻimida yongʻin roʻy bergan va bu toʻgʻridagi xabar FVBga kelib tushgan.

    Uch yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 09:58 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻinni soat 10:30 da oʻchirgan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga viloyat FVB boshligʻi va tuman FVB rahbar xodimlari IIB, SSB, prokuratura masʼul xodimlari chiqishgan.