Qashqadaryodagi bogʻchada yuzga yaqin tarbiyalanuvchi achigan qatiqdan zaharlangani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumani Shamaton mahallasi hududidagi bogʻchada 100 dan ortiq tarbiyalanuvchilarning qatiqdan zaharlangani haqida xabar tarqaldi. Shu bilan birga buni isbotlovchi video ham tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻldi.

    Ushbu videoda bogʻcha oshxonasida bir necha idishlardagi qatiqlar achigani, muzlatkichlarning ishlamayotgani isbotlangan.

    Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, oxirgi kunlarda Shahrisabz tumani va Shahrisabz shahri hududidagi tibbiyot muassasalarida bolalarning ovqatdan zaharlanishi boʻyicha bironta murojaat qayd etilmagan.