Qashqadaryodagi tugʻruqxonada ayol vafot etdi

    Bu haqda viloyat prokuraturasi maʼlumot berdi.

    Koson tumanida tugʻruq kompleksida ayol kishining ahvoli ogʻirlashib, vafot etgani holati yuzasidan hozirda Koson tumani prokuraturasi tomonidan qoʻshimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan.

    Tekshiruvning borishi alohida nazoratga olingan, deyiladi xabarda