Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 10-mart kuni Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani “Doʻstlik“ MFY hududida joylashgan yoqilgʻi quyish shoxobchasi hovlisidagi 2 ta 9 tonnali sisterna yonib ketgan.
Voqea joyiga 4 ta yongʻin qutqaruv boʻlinmalari taxminan soat 22:04 da etib borgan va yongʻin soat 22:33 da batamom oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olgan. Ayni vaqtda ularning ahvoli yaxshi.
Hozirda yongʻin sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.









