Qashqadaryoga yana jamoat va turistik avtobuslar olib kelindi

    Bosqichma-bosqich vohamizga olib kelinayotgan avtobuslarning navbatdagi 30 donasi bugundan faoliyatini boshladi.

    Jamoat transporti aholining uzogʻini yaqin qilib, xarajati va vaqtini tejaydigan muhim ijtimoiy xizmat turidir. Uning aholiga xizmat qilishidan tashqari tirbandliklarni oldini olish va ekologiyaga ham ancha foydasi bor.

    Bosqichma-bosqich vohamizga olib kelinayotgan avtobuslarning navbatdagi 30 donasi bugundan faoliyatini boshladi. Ularning ichida 4 dona turistik avtobuslar ham mavjud boʻlib, ichki turizmni rivojlantirishga, nuroniylar va yoshlarni sayohatlarini tashkil etishga xizmat qiladi.

    Start berish jarayonlarida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, Qarshi shahri va tumani hokimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.