Qashqadaryolik fuqaro Afgʻoniston fuqarosini “kiydirib” ketmoqchi boʻldi

    Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro Afgʻoniston fuqarosiga berishi kerak boʻlgan qariyb 60 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻlarini bermasdan uni aldab kelgan.

    Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

    Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro E.N. Afgʻoniston fuqarosi H.Gʻ.dan 2021-yilda tojik kovragi smolasini yetkazib berishni vaʼda qilib, uni ishonchiga kirib, undan 53,5 ming AQSH dollari miqdorida pullarni olib, tojik kovragi smolasini yetkazib bermagan va pul mablagʻini ham bermasdan, aldab kelgan.

    Hozirda Prokuratura organlari tomonidan H.Gʻ.ning murojaati oʻrganilib, natijasiga koʻra E.N.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan olib borilmoqda.

    Maʼlumotlarga koʻra, dastlabki tergov davomida, xorijiy davlat fuqarosi H.Gʻ.ga yetkazilgan zararni hisobiga 500 mln. soʻmga yaqin mablagʻlar undirildi.