Qashqadaryoning Koson tumanidagi zapravkada “Spark” yonib ketdi

    Voqea-hodisalar 11 Fevral 2025 614

    Holat boʻyicha, shu yilning 11-fevral kuni soat taxminan 08.00 lar atrofida Koson tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga avtomobil yonayotganligi yuzasidan xabar kelib tushgan.

    Kelib tushgan xabarga koʻra, voqea joyiga 1 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi yuborilgan va yongʻin soat 08.22 da batamom oʻchirilgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, Koson tumani “Pudina“ mahallasi hududida joylashgan avtomobillarga (siqilgan gaz quyish) yoqilgʻi quyish shoxobchada yoqilgʻi olish maqsadida toʻxtab turgan oq rangli “Spark” rusumli avtomobilning old qismi yongan.

    Yongʻin oqibatida hech kim tan jarohati olmagan hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.