Qashqadaryoning sariq tarvuzlari eksport qilinmoqda

    Agrosektor 7 Iyul 2020 894

     Joriy yil Qashqadaryo viloyatidagi “Sunny Land Export” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan etishtirilgan sariq tarvuzlar yaxshi hosil berdi va ilk partiya  Rossiyaga  eksport qilindi.

    "Gollandiya" naviga tegishli sariq tarvuzlar nafaqat ko'rinishi, balki mazasi bilan ham oddiy tarvuzdan farq qiladi. Shirasi kamroq va ta'mi ananasga yaqin. Keyingi partiya Riga uchun hozirlanmoqda.

    Shu hafta yakuniga qadar bunday noodatiy tarvuzlar mahalliy bozorlarga kilogrammi o'rtacha 3,5-4,5 ming so'mdan chiqarilishi kutilmoqda.