Dastlab, viloyat hokimi Murotjon Azimov, sport vaziri Adham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov boshchiligida ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi.
Ayni paytda vohadagi 776 ta mahallada yoshlar oʻrtasida sportni ommalashtirish holati, “Yangi Oʻzbekiston olimpiya choʻqqilari”, “Prezident olimpiadasi”, “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” musobaqalari, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari, shuningdek, sport infratuzilmasi va taʼlim muassasalari faoliyati atroflicha oʻrganilmoqda.
Shu bilan birga, Qashqadaryoga tashrif buyurgan Olimpiya oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionlari hamda sovrindorlari ishtirokida yosh sportchilar uchun koʻrgazmali amaliy mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.