Qatagʻon qurboni boʻlgan, biroq oqlanmagan bir guruh shaxslarga oid jinoyat ishi koʻrib chiqiladi

    Oliy sud matbuot xizmati bu haqda maʼlum qildi.

    Xabar berilishicha, 2023-yil 24-avgust kuni soat 16.00 da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida (Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 1 uy) mustabid sovet tuzumi davrida qatagʻon qurboni boʻlgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan bir guruh shaxslarga oid jinoyat ishlari apellyatsiya tartibida Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining ochiq sud majlislarida koʻrib chiqiladi.

    Ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi.

    Maʼlumot uchun telefonlar: (71) 239-02-55, (91) 132-58-08.